Ijtimoiy tarmoqlarda xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmay jamoat tartibini buzgan ayollar haqidagi videolar tarqaldi. Ma’lum qilinishicha, holat joriy yilning 29 noyabr kuni soat 04:00 atrofida Farg‘ona shahri, Shakarkishloq mahallasi Tarona ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Aniqlanishicha, 2003 yilda tug‘ilgan M.G‘. va 2004 yilda tug‘ilgan F.O. spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda shu hududda yashovchi fuqarolarning tinchligini buzgan.
Hodisa joyiga etib kelgan IIO xodimlari ularni tinchlantirishga uringan, ammo ayollar xodimlarning qonuniy talablarini bajarmasdan faol qarshilik ko‘rsatgan.
Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 va 194-moddalari asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ish tegishli sud organiga yuborilgan.






