Hindistonning janubidagi Telangana shtatida kuchli jazirama issiq oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi
Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlar issiq urishi sababli vafot etgan. Hududda havo harorati ayrim joylarda 45 darajadan oshib ketmoqda.
Shu munosabat bilan shtat hukumati favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, vaziyatni muhokama qildi hamda aholi uchun ogohlantirish e’lon qildi.
Fuqarolarga zarurat bo‘lmasa, kunduzgi vaqtda tashqi muhitga chiqmaslik, ko‘proq suv iste’mol qilish va issiqdan ehtiyot bo‘lish tavsiya etilgan.
Hindiston meteorologiya boshqarmasi avvalroq Janubiy Osiyoning ushbu qismida issiq to‘lqini kamida 26 maygacha davom etishini ma’lum qilgan edi.






