AsosiyDunyo

AQSh va Isroil Al-Aqso masjidini o'zgartirmoqchi

Al-Aqso “ko‘p dinli markaz”ga aylantirilib, yahudiylar uchun kengroq kirishni rejalashtirmoqda.

'AQSh va Isroil Al-Aqso masjidini o'zgartirmoqchi'ning rasmi

Bir qator xorijiy OAV, jumladan Middle East Eye va boshqa manbalarga tayanib xabar berishicha, AQSh va Isroil Quddusdagi Al-Aqso masjidi majmuasi ustidan Iordaniyaning tarixiy vasiylik huquqini o'zgartirish yoki qayta ko'rib chiqish masalasini muhokama qilayotgan bo'lishi mumkin.

Xabarlarda aytilishicha, hozirgi Islom vaqf boshqaruvi o'rniga yangi tizim joriy etilishi ehtimoli bor. Unga ko'ra, Al-Aqso “ko'p dinli markaz”ga aylantirilib, yahudiylar uchun kengroq kirish va hatto jamoat ibodati imkoniyati berilishi mumkinligi tilga olinmoqda.

Shuningdek, ayrim manbalar yangi tuzilma doirasida imom va xatiblarni tayinlash hamda juma xutbalari mazmunini kelishish kabi masalalarda o'zgarish bo'lishi mumkinligini iddao qilgan.

OAV xabarlariga ko'ra, bu tashabbus AQShning ayrim siyosiy doiralari bilan bog'liq shaxslar, jumladan Jared Kushner va AQShning Isroildagi elchisi Mayk Hakabi nomi bilan ham tilga olinmoqda. Reja doirasida ayrim arab davlatlariga majmuani navbatma-navbat boshqarish varianti ham muhokama qilingani aytiladi.

Biroq Iordaniya rasmiylari bu iddaolarni rad etib, Quddus bo'yicha vasiylik huquqi xalqaro kelishuvlar bilan mustahkamlanganini va o'zgarmasligini ta'kidlagan.

    Boshqa yangiliklar