AsosiyJinoyat

AQShda ushlangan o‘zbekistonlik O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Маълум қилинишича, 1989 йилда туғилган Ўзбекистон фуқароси 2023 йилдан буён қидирувда бўлган.

'AQShda ushlangan o‘zbekistonlik O‘zbekistonga deportatsiya qilindi'ning rasmi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan AQSh huquq-tartibot idoralari hamda AQShning Toshkentdagi elchixonasi bilan hamkorlikda qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va O‘zbekistonga qaytarish ishlari davom ettirilmoqda.

Idora ma’lumotiga ko‘ra, navbatdagi tezkor tadbir natijasida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs AQShda ushlangan.

Ma’lum qilinishicha, 1989 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi 2023 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan. U Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida aniqlanib, ushlangan va belgilangan tartibda O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

Qayd etilishicha, ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan shaxslarni qidirish, ularni javobgarlikka tortish bo‘yicha xalqaro hamkorlik doirasidagi tezkor-qidiruv tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar