AsosiyDunyo

Isroil G‘azoda “Hamas” harbiy qanotining yangi rahbarini yo‘q qilganini bildirdi

Isroil armiyasi G‘azo sektori shimoliga uyushtirilgan havo hujumi natijasida “Hamas”ning harbiy qanotiga yaqinda rahbar etib tayinlangan Muhammad Odeh o‘ldirilganini ma’lum qildi.

'Isroil G‘azoda “Hamas” harbiy qanotining yangi rahbarini yo‘q qilganini bildirdi'ning rasmi

CAHAL bayonotiga ko‘ra, operatsiya "ko‘p oylik razvedka kuzatuvi va tezkor hamrohlik" asosida amalga oshirilgan. Hujum G‘azo shahrida o‘tkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, Muhammad Odeh avval "Hamas" razvedka boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Shu oy boshida tashkilot harbiy qanotining avvalgi etakchisi Izz ad-Din al-Haddod halok bo‘lganidan keyin u mazkur lavozimni egallagan edi.

Isroil Bosh vaziri devoni Odehni 2023 yil 7 oktyabr kuni amalga oshirilgan hujumlar "me’morlaridan biri" deb atagan.

"Odehni yo‘q qilish operatsiyasi doirasida CAHAL G‘azo shahridagi terroristik infratuzilma obyektlariga zarba berdi. Ushbu obyektlardan Odeh va 'Hamas' jangarilari foydalangan", deyiladi Isroil armiyasi bayonotida.

    Boshqa yangiliklar