AsosiyJamiyat

Litvada davlat reyestrlaridan 600 mingga yaqin fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari sizdirildi.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida qariyb 600 ming kishi, jumladan mamlakat prezidenti va bosh vazir qarindoshlarining ma’lumotlari ham oshkor bo‘lgan.

'Litvada davlat reyestrlaridan 600 mingga yaqin fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari sizdirildi.'ning rasmi

Litvada davlat Reestrlar markazidan shaxsiy ma'lumotlar ommaviy tarzda sizdirilgani ma'lum bo'ldi. Mahalliy OAV xabariga ko'ra, hodisa oqibatida qariyb 600 ming kishi, jumladan mamlakat prezidenti va bosh vazir qarindoshlarining ma'lumotlari ham oshkor bo'lgan.

Qayd etilishicha, kiberjinoyatchilar Ko'chmas mulk reestri hamda Yuridik shaxslar reestridagi ma'lumotlarga noqonuniy kirish imkoniga ega bo'lgan. O'g'irlangan ma'lumotlar orasida fuqarolarning shaxsiy ma'lumotlari va identifikatsiya kodlari bor.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, ma'lumotlar sizdirilishi joriy yilning yanvar-aprel oylari oralig'ida sodir bo'lgan.

Mazkur mojarodan so'ng Reestrlar markazi rahbari Adriyus Yusas iste'foga chiqqan. Shu bilan birga, hukumat tergov haqida jamoatchilikka bir necha hafta o'tgach xabar berilgani uchun tanqidlarga uchragan.

Hozircha Litva rasmiylari tizimga qaysi davlat hududidan ulanish bo'lganini ochiqlamagan. Hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar