AsosiyJamiyat

Umraga yuborishni va’da qilganlar rostdan ham jo‘natmoqchimi?

Buxoroda firibgar er-xotin ushlandi.

'Umraga yuborishni va’da qilganlar rostdan ham jo‘natmoqchimi?'ning rasmi

Jondor tumanida litsenziyasiz faoliyat yuritgan shaxslar fuqarolardan minglab dollar talab qilgani ma’lum bo‘ldi.

Ichki ishlar vazirligi xabar berishicha, Buxoro viloyatining Jondor tumanida yashovchi er-xotin uzoq vaqt davomida firibgarlik bilan shug‘ullanib kelgan. Ular tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasdan turib, fuqarolarni Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilgan.

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchilar 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, har biridan 1025 AQSh dollaridan pul olmoqchi bo‘lgan.

Tezkor tadbir davomida er-xotin jami 4000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar