AsosiyJamiyat

Belgiyada O'zbekiston fuqarosining hayoti saqlab qolindi

Belgiyada og‘ir xastalikni boshdan kechirgan O‘zbekiston fuqarosi muvaffaqiyatli ravishda vatanga qaytarildi.

'Belgiyada O'zbekiston fuqarosining hayoti saqlab qolindi'ning rasmi


Ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyati Urgut tumanida tug'ilgan V.A. Niderlandiyada qurilish sohasida ishlab yurgan vaqtida o'tkir tish infektsiyasiga chalingan. U o'z vaqtida malakali tibbiy yordamga murojaat qilmagani oqibatida og'ir yallig'lanish yuzaga kelib, sog'lig'ida jiddiy asoratlar paydo bo'lgan.

Fuqaro Bryussel shahri orqali O'zbekistonga qaytish vaqtida uning ahvoli keskin yomonlashgan. Shundan so'ng u zudlik bilan Bryusseldagi Sent-Lyuk universitet klinikasiga yotqizilgan. Shifokorlar bemor ahvolini o'ta og'ir deb baholagan.

Klinika mutaxassislari tomonidan ikki marta murakkab jarrohlik amaliyoti o'tkazilgan. Bemor uzoq vaqt sun'iy nafs oldirish apparatiga ulangan holda jonlantirish bo'limida yotgan.

Xabarga ko'ra, fuqaro shifoxonaga yotqizilgan paytdan boshlab O'zbekiston elchixonasi xodimlari shifokorlar, klinika ma'muriyati va bemor qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo'lgan. Elchixona tomonidan zarur konsullik va tashkiliy ishlar amalga oshirilgan.

“Belgiya shifokorlari va o'zbek diplomatlarining hamkorlikdagi sa'y-harakatlari tufayli fuqaroning hayoti saqlab qolindi”, deyiladi xabarda.

Ayni paytda V.A. O'zbekistonda bo'lib, oilasi bag'rida davolanish va sog'lig'ini tiklashni davom ettirmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda ilmiy daraja berishda bir qator tartiblar bekor qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:01

    O‘zbekistonda ilmiy daraja berishda bir qator tartiblar bekor qilinadi

    Farmonda qayd etilishicha, 2027 yil 1 yanvarga qadar dissertatsiya himoyasi bo‘yicha e’lon berilgan izlanuvchilarga ilmiy darajalar eski tartib asosida beriladi.

    'Pensiya uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilayotgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekani aytildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:18

    Pensiya uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilayotgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekani aytildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda pensiya uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilayotgani haqida tarqalayotgan xabarlar feyk ekani ma’lum qilindi.

    'Қурбон ҳайити муносабати билан юзлаб беморларга юқори технологик операциялар ўтказилди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:04

    Қурбон ҳайити муносабати билан юзлаб беморларга юқори технологик операциялар ўтказилди

    2026 yil 27 may soat 09:00 holatiga ko‘ra, 194 nafar bemor bola tibbiyot muassasalariga yotqizilgan bo‘lib, ularning 40 nafarida yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

    'Litvada davlat reyestrlaridan 600 mingga yaqin fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari sizdirildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:05

    Litvada davlat reyestrlaridan 600 mingga yaqin fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari sizdirildi.

    Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida qariyb 600 ming kishi, jumladan mamlakat prezidenti va bosh vazir qarindoshlarining ma’lumotlari ham oshkor bo‘lgan.

    'O'zbekistonda bugun havo harorati 40 darajagacha ko'tariladi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:24

    O'zbekistonda bugun havo harorati 40 darajagacha ko'tariladi.

    “O‘zgidromet” 28 may kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

    'Katta Farg‘ona kanalida timsohlar bormi?'ning rasmi

    Jamiyat 27.05.2026 14:06

    Katta Farg‘ona kanalida timsohlar bormi?

    Bugun, 27 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Katta Farg‘ona magistral kanalida timsohlar yurgani haqida xabarlar tarqaldi.