AsosiyJAMIYAT

Namanganda 521 nafar bolaga 200 dollardan hayitlik o‘tkazildi

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma'lum qildi.

'Namanganda 521 nafar bolaga 200 dollardan hayitlik o‘tkazildi'ning rasmi

Namangan viloyatida davlat qaramog‘idagi 521 nafar etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning omonat hisobvaraqlariga 200 AQSh dollaridan hayitlik mablag‘lari o‘tkazildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu to‘lovlar Prezidentning Qurbon hayiti munosabati bilan aholini qo‘llab-quvvatlashga oid qarori asosida amalga oshirilmoqda. Hujjatga muvofiq, mamlakat bo‘ylab ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish choralari kengaytirilgan.

Shuningdek, respublika miqyosida 8 mingdan ortiq etim bolalar hamda ota-onasini yo‘qotgan, shuningdek, xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar farzandlariga ham 200 dollardan mablag‘ o‘tkazilishi belgilangan.

Namanganda esa mazkur dastur doirasida 521 nafar bola uchun mablag‘lar tegishli omonat hisobvaraqlariga yo‘naltirilgan.

Ta’kidlanishicha, xayr-saxovat tadbirlari “Vaqf” xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar