AsosiyJamiyat

Bugun respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

Harorat 25 darajagacha ko‘tariladi.

'Bugun respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20–25° iliq bo‘ladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 22–24° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7–12° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar