AsosiyDunyo

Tramp nomi Kennedi markazidan olib tashlanadi — sud qarori

Sudya Kristofer Kuper qaroriga ko‘ra, muassasa nomi 14 kun ichida avvalgi holatiga qaytarilishi kerak.

'Tramp nomi Kennedi markazidan olib tashlanadi — sud qarori'ning rasmi

AQShning Kolumbiya okrugi sudi Vashingtondagi Kennedy Center nomidan Donald Tramp ismini olib tashlash haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Sudya Kristofer Kuper qaroriga ko‘ra, muassasa nomi 14 kun ichida avvalgi holatiga qaytarilishi kerak. Shuningdek, Tramp nomi binoning fasadi, raqamli tizimlar va rasmiy materiallardan ham olib tashlanadi.

Qarorda ta’kidlanishicha, muassasa nomi Kongress tomonidan belgilangan bo‘lib, uni o‘zgartirish vakolati faqat Kongressga tegishli.

Shu bilan birga, sud markazni 2026 yil 4 iyuldan boshlab rekonstruksiya uchun yopish haqidagi qarorni ham to‘xtatdi.

Avvalroq Tramp 2025 yilda markaz boshqaruviga o‘zgarishlar kiritib, nomni o‘zgartirish tashabbusini ilgari surgan edi. Biroq ushbu qarorlar keyinchalik sudda qonunga zid deb topildi.

Muassasa boshqaruvi qaror ustidan apellyatsiya berishini ma’lum qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eronda oliy rahbar dafniga tayyorgarlik ishlari boshlandi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:23

    Eronda oliy rahbar dafniga tayyorgarlik ishlari boshlandi.

    Xomanaiy uchun “ulugʻvor” dafn marosimi tashkil etiladi

    'AQSh va Eron bo‘yicha muzokaralar yakuniy qarorsiz qoldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:31

    AQSh va Eron bo‘yicha muzokaralar yakuniy qarorsiz qoldi

    Tramp Eron bilan bog'liq kelishuv yuzasidan o'tkazilgan uchrashuvni hech qanday yakuniy qarorsiz yakunladi.

    'Putin qarishga qarshi kurash uchun 26 milliard dollar sarflamoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:40

    Putin qarishga qarshi kurash uchun 26 milliard dollar sarflamoqda

    Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

    'JSST rahbari Kongodagi Ebola virusini to‘xtatish mumkinligini aytdi'ning rasmi

    Dunyo 29.05.2026 13:17

    JSST rahbari Kongodagi Ebola virusini to‘xtatish mumkinligini aytdi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus Kongo Demokratik Respublikasida tarqalayotgan Ebola virusini nazoratga olish mumkinligini bildirdi.

    'Frantsiya XVII–XVIII asrlarga oid “Qora kodeks”ni rasman bekor qildi'ning rasmi

    Dunyo 29.05.2026 10:34

    Frantsiya XVII–XVIII asrlarga oid “Qora kodeks”ni rasman bekor qildi

    Qaror deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi va mamlakatning mustamlakachilik davridan qolgan huquqiy merosini bartaraf etish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholandi.

    'AQSH va Eron 60 kunlik sulh bo‘yicha kelishuvga yaqinlashdi'ning rasmi

    Dunyo 29.05.2026 07:28

    AQSH va Eron 60 kunlik sulh bo‘yicha kelishuvga yaqinlashdi

    Yakuniy qaror AQSh prezidenti Donald Trump tomonidan hali tasdiqlanmagan.