AsosiyJamiyat

Namanganda 23 yoshli yigit soyda cho‘kib ketdi

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

'Namanganda 23 yoshli yigit soyda cho‘kib ketdi'ning rasmi

Namangan viloyatining Pop tumanidagi dam olish maskanida 23 yoshli yigit suvga cho‘kib ketdi. Hozirda uni qidirib topish ishlari olib borilmoqda, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 28 may kuni sodir bo‘lgan. 23 yoshli yigit qarindoshlari bilan birga Pop tumanida joylashgan dam olish maskaniga kelgan va u yerdan oqib o‘tuvchi “Chodaksoy” soyiga cho‘milish uchun tushgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yigit ehtiyotsizligi oqibatida suvda cho‘kib ketgan va qayta suv yuzasiga chiqmagan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Tekshiruv doirasida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining qutqaruvchilari jalb etilgan holda suvga cho‘kib ketgan yigitni qidirib topish ishlari amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ijtimoiy tarmoqlarda yigitni qidirish ishlari sust olib borilayotgani haqida xabarlar tarqalgan. Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mazkur ma’lumotlarga munosabat bildirib, qidiruv ishlari uzluksiz davom etayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, qidiruv tadbirlari viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Akmaljon O‘rinboev rahbarligida tashkil etilgan.

Hozirda tuman yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan suv ustida, boshqarmaning qutqaruv otryadi xodimlari tomonidan esa suv ostida qidiruv ishlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kreativ iqtisodiyot 145 trillion so‘mga yetkaziladi, maktablarda esa yangi “art” dasturi joriy etiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:02

    Kreativ iqtisodiyot 145 trillion so‘mga yetkaziladi, maktablarda esa yangi “art” dasturi joriy etiladi

    Shu munosabat bilan mutasaddilarga har bir hududda yil davomida shunday nufuzli tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

    'Fargʻonada yuz bergan YTH oqibatida haydovchi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:07

    Fargʻonada yuz bergan YTH oqibatida haydovchi vafot etdi

    Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

    'O‘zgidromet sel va mahalliy suv toshqinlari xavfi haqida ogohlantirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:43

    O‘zgidromet sel va mahalliy suv toshqinlari xavfi haqida ogohlantirdi

    2–5 iyun kunlari mamlakatning bir qator hududlarida kuchli yomg'irlar sabab sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

    'O'zbekistonning davlat qarzi 47 mlrd dollarga yetdi'ning rasmi

    Jamiyat 30.05.2026 15:51

    O'zbekistonning davlat qarzi 47 mlrd dollarga yetdi

    Davlat qarzining 85 foizini tashqi, 15 foizini esa ichki qarz tashkil etmoqda.

    'Rossiya O‘zbekistondan meva-sabzavot importiga cheklov kiritilmaganini ma’lum qildi.'ning rasmi

    Jamiyat 30.05.2026 13:21

    Rossiya O‘zbekistondan meva-sabzavot importiga cheklov kiritilmaganini ma’lum qildi.

    Rossiyaga o‘zbek meva-sabzavot mahsulotlarini xavfsiz va uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha tomonlar o‘rtasida texnik muzokaralar olib borilmoqda.

    'Xitoy loukosteri O‘zbekistonga kirishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 30.05.2026 11:10

    Xitoy loukosteri O‘zbekistonga kirishni rejalashtirmoqda

    Xitoyning aviakompaniyalaridan biri "Spring Airlines" O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin.