AsosiySiyosat

Endi har yili “Milliy ijodkorlar qurultoyi” o‘tkaziladi

Respublika tanlovi g‘oliblariga 100 mln so‘m, xalqaro sovrindorlarga esa 300 mln so‘mgacha mukofot beriladi.

'Endi har yili “Milliy ijodkorlar qurultoyi” o‘tkaziladi'ning rasmi

Tadbir doirasida yil davomida eng yaxshi natija ko‘rsatgan ijodkorlarning badiiy kechasi o‘tkaziladi va ular munosib taqdirlanadi.

Jumladan, musiqa sohasida kamida 10 ta qo‘shiq yoki asar yaratgan, xalq artisti yoki xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga ega bo‘lgan, xalqaro tanlovlar g‘oliblari va ijod namunalari keng ijro etilayotgan ijodkorlar; shuningdek, adabiyot sohasida yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan, 50 ming nusxadan ziyod nashr etilgan asar mualliflari, ijodi teatr va kinoda sahnalashtirilgan, she’rlari “hit” qo‘shiqqa aylangan ijodkorlar taqdirlanadi.

Ularga yil davomida har oy 5 million so‘m qalam haqi to‘lanadi, O‘zbekiston bo‘ylab transport vositalaridan bepul foydalanish imkoniyati beriladi. Shuningdek, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida davolanish xarajatlari to‘liq davlat hisobidan qoplanadi. Ular uchun mahorat maktablari va ijod uylari tashkil etiladi.

Shuningdek, sovrindorlar keyingi yillarda ham ijodni davom ettirsa, ushbu imtiyozlardan foydalanishda davom etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Siyosat Bugun 09:36

    'Prezident Mirziyoyev YOII sammitida ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 29.05.2026 13:26

    Prezident Mirziyoyev YOII sammitida ishtirok etdi

    O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 may kuni Ostona shahrida bo'lib o'tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig'ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi.

    'Shavkat Mirziyoyev YOIIda raqamli savdo va hamkorlik bo‘yicha yirik tashabbuslarni ilgari surdi'ning rasmi

    Siyosat 29.05.2026 11:32

    'Yangi farmonning samarasini minglab insonlar his qiladi — Saida Mirziyoyeva'ning rasmi

    Siyosat 29.05.2026 06:18

    Yangi farmonning samarasini minglab insonlar his qiladi — Saida Mirziyoyeva

    Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mazkur hujjatning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

    'Toshkent — Samarqand o'rtasida yangi tezyurar yo'l quriladi: Mirziyoyev transport sohasidagi yirik loyihalarni ko'rib chiqdi'ning rasmi

    Siyosat 26.05.2026 14:18

    Toshkent — Samarqand o'rtasida yangi tezyurar yo'l quriladi: Mirziyoyev transport sohasidagi yirik loyihalarni ko'rib chiqdi

    Президент Шавкат Мирзиёевга тақдим этилган режалар орасида “Тошкент — Самарқанд” муқобил автомагистрали, Янги Тошкент халқаро аэропорти ва Навоий авиация хаби бўйича муҳим ташаббуслар бор.

    'Kichik biznes uchun katta burilish: soliq chegarasi 5 baravar oshirilishi mumkin'ning rasmi

    Siyosat 26.05.2026 13:57

    Kichik biznes uchun katta burilish: soliq chegarasi 5 baravar oshirilishi mumkin

    Mirziyoyevga taqdim etilgan yangi takliflar tadbirkorlar uchun soliq yukini yengillashtirib, “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirishga qaratilgan.