AsosiyJamiyat

Kreativ iqtisodiyot 145 trillion so‘mga yetkaziladi, maktablarda esa yangi “art” dasturi joriy etiladi

Shu munosabat bilan mutasaddilarga har bir hududda yil davomida shunday nufuzli tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

'Kreativ iqtisodiyot 145 trillion so‘mga yetkaziladi, maktablarda esa yangi “art” dasturi joriy etiladi'ning rasmi

O'zbekistonda yaqin yillarda madaniyat va san'at sohasida yaratiladigan qo'shilgan qiymatni oshirish orqali kreativ iqtisodiyot hajmini 145 trillion so'mga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda bugun, 1 iyun kuni Prezident ishtirokida o'tkazilgan yig'ilishda ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, buning uchun sohaning huquqiy asoslari yaratilgan, Kreativ industriya parki rezidentlari uchun alohida soliq rejimi joriy qilingan. Ayni paytda Toshkent shahrining Shayxontohur tumani va Nukus shahrida yirik kreativ parklar qurilishi boshlangan.

Shuningdek, Toshkent shahrida sentyabr oyida faoliyat boshlaydigan Zamonaviy san'at markazi yoshlar uchun yangi ijodiy maydon vazifasini o'taydi.

Yig'ilishda milliy mahsulotlarda zamonaviy dizayn elementlarini kengaytirish maqsadida hunarmandlarni xalqaro ko'rgazmalarga faol jalb qilish zarurligi ta'kidlandi. Bu borada Yevropa, AQSh, Janubiy va Sharqiy Osiyo hamda Yaqin Sharq davlatlarida o'tkaziladigan ko'rgazmalar soni oshiriladi.

Prezident madaniyat va san'at xalqlar o'rtasidagi muhim ko'prik ekanini ta'kidladi. Misol sifatida Namanganda 24 may kuni boshlangan Gullar festivaliga shu kungacha 1,5 million nafar sayyoh tashrif buyurgani va tadbir Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga har bir hududda yil davomida shunday nufuzli tadbirlarni tashkil etish bo'yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

Yig'ilishda madaniyat va san'at sohasidagi ta'lim tizimini takomillashtirish masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi.

Endilikda umumta'lim maktablarida musiqa, tasviriy san'at va texnologiya fanlari «art» o'quv dasturi asosida o'qitiladi. Ushbu dastur o'quvchilarda kreativ fikrlash, jamoada ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, estetik did, emotsional intellekt va innovatsion tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Prezident topshirig'iga ko'ra, yangi o'quv yilidan boshlab har bir viloyatdagi 10 tadan umumta'lim maktabida mazkur yo'nalish tajriba tariqasida joriy etiladi.

Dastur doirasida boshlang'ich sinf o'quvchilari rasm, musiqa va o'yinlar orqali ijodga jalb etiladi. 5–7-sinflarda jamoaviy ijod va erkin fikrlash, 8–9-sinflarda dizayn, grafika va sun'iy intellekt asosida loyihalar ishlab chiqish, 10–11-sinflarda esa ularni tayyor mahsulotga aylantirish ko'nikmalari o'rgatiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:53

    U o'z murojaatida bolalar mamlakatning eng qimmatli boyligi va eng katta mas'uliyati ekanini ta'kidladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:38

    'Namanganda 23 yoshli yigit soyda cho‘kib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:16

    Namanganda 23 yoshli yigit soyda cho‘kib ketdi

    Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

    'Fargʻonada yuz bergan YTH oqibatida haydovchi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:07

    Fargʻonada yuz bergan YTH oqibatida haydovchi vafot etdi

    Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

    'O‘zgidromet sel va mahalliy suv toshqinlari xavfi haqida ogohlantirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:43

    O‘zgidromet sel va mahalliy suv toshqinlari xavfi haqida ogohlantirdi

    2–5 iyun kunlari mamlakatning bir qator hududlarida kuchli yomg'irlar sabab sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

    'O'zbekistonning davlat qarzi 47 mlrd dollarga yetdi'ning rasmi

    Jamiyat 30.05.2026 15:51

    O'zbekistonning davlat qarzi 47 mlrd dollarga yetdi

    Davlat qarzining 85 foizini tashqi, 15 foizini esa ichki qarz tashkil etmoqda.