AsosiyJamiyat

Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

Xabarga asosan, yong‘in joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi hamda 2 ta avtonarvon jalb etilgan.

'Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi'ning rasmi

Bugun, 2 iyun kuni ertalab Navoiy shahridagi ko‘p qavatli turar joy binolaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, soat 04:19 da "112" yagona dispetcherlik xizmatiga Navoiy viloyatining Navoiy shahri, "Kimyogar" mahallasidagi Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan 9 qavatli uyning tom qismi yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, yong‘in joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi hamda 2 ta avtonarvon jalb etilgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga soat 04:23 da yetib borgan. Yong‘in soat 04:35 da qurshab olinib, soat 05:35 da to‘liq bartaraf etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘p qavatli uyning 9-qavatida joylashgan 8 ta xonadonning taxminan 300 kvadrat metr maydondagi tom qismi, shiftlari va ichki qismi yongan.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar