AsosiySIYOSAT

O‘zbekiston delegatsiyasi BMT komissiyasi sessiyasida birinchi bo‘lib milliy ma’ruza bilan chiqdi

Avstriya poytaxti Vena shahrida BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasining 35-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

'O‘zbekiston delegatsiyasi BMT komissiyasi sessiyasida birinchi bo‘lib milliy ma’ruza bilan chiqdi'ning rasmi

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirda dunyoning 170 dan ortiq davlatidan vazirlar, rasmiylar va xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

Joriy yil aprel oyida O‘zbekiston mazkur komissiyaga ilk bor a’zo bo‘lgan edi. Sessiya doirasida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi milliy ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Ma’lum qilinishicha, ma’ruzada mamlakatda jinoyatchilik profilaktikasi, odil sudlov tizimi, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berilgan.

Saida Mirziyoyeva o‘z nutqida kiberjinoyatchilik, korrupsiya va oilaviy zo‘ravonlik kabi tahdidlarga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan.

Sessiya doirasida O‘zbekiston delegatsiyasining Avstriya parlamenti rahbariyati bilan ham uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Xususan, Avstriya Federal kengashi raisi Markus Shtotter hamda Milliy kengash raisi Valter Rozenkrans bilan muloqotlarda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari hamda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Monika Juma bilan uchrashdi.

Tomonlar O‘zbekiston va BMTning mazkur tuzilmasi o‘rtasidagi hamkorlik, giyohvandlik tahdidlariga qarshi kurashish hamda bu borada amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuvda xavfsizlik, adolat va barqaror taraqqiyot sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 08:54

    'Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tavallud kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

    SIYOSAT 14.06.2026 08:39

    Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tavallud kuni bilan tabrikladi

    Prezident Donald Trampga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va davlatchilik faoliyatida muvaffaqiyatlar, Amerika xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilab qolgan.

    'Shavkat Mirziyoyev Putinga Rossiya kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi'ning rasmi

    SIYOSAT 14.06.2026 03:12

    Shavkat Mirziyoyev Putinga Rossiya kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

    Prezident oʻz tabrigida erishilgan kelishuvlar ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va xalqlar farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.

    'Shavkat Mirziyoyev Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan qutladi'ning rasmi

    SIYOSAT 13.06.2026 11:05

    Shavkat Mirziyoyev Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan qutladi

    Bu haqda Armaniston bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.

    'Oʻzbekiston togʻ-kon sohasiga 30 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb qilmoqchi'ning rasmi

    SIYOSAT 09.06.2026 16:09

    Oʻzbekiston togʻ-kon sohasiga 30 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb qilmoqchi

    2025 yilda yirik tog'-kon sanoati korxonalarida raqamli yechimlar hisobiga 7,3 trillion so'm operatsion xarajatlar tejalgan va mahsulot tannarxi 9,1 foizga qisqargan.

    'Mirziyoyev Filippindagi halokatli zilzila munosabati bilan Markosga taʼziya bildirdi'ning rasmi

    SIYOSAT 09.06.2026 04:12

    Mirziyoyev Filippindagi halokatli zilzila munosabati bilan Markosga taʼziya bildirdi

    Davlat rahbari o‘z murojaatida tabiiy ofat qurbonlarining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, ularning dardiga sherik ekanini ta’kidlagan.