AsosiyJAMIYAT

Toshkentda avtobus va BYD ishtirokidagi YTH yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi

Hodisa oqibatida avtobus haydovchisi hamda BYD haydovchisi tez tibbiy yordam xodimlari kuzatuvida Respublika 1-sonli klinik shifoxonasiga olib ketilgan.

'Toshkentda avtobus va BYD ishtirokidagi YTH yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi'ning rasmi

Toshkentda avtobus va “BYD” ishtirokidagi YTH yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi

Toshkent shahri Mirobod tumanida avtobus va BYD rusumli yengil avtomobil ishtirokida sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy ma'lumot e'lon qilindi.

“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmatiga ko'ra, hodisa bugun, 2 iyun kuni soat 15:28 larda sodir bo'lgan. “2-Avtobus saroyi” filiali tasarrufida bo'lgan, 16-yo'nalishda harakatlanuvchi “Yutong” rusumli avtobus haydovchisi K.D. Mirobod tumanidagi Nukus ko'chasi bo'ylab harakatlanib kelgan.

Qayd etilishicha, avtobus “Nukus” va Taras Shevchenko ko'chalari kesishmasida chap tomonga burilayotgan vaqtda qarshi yo'nalishdan kelayotgan “BYD” rusumli avtomobil bilan to'qnashgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, BYD haydovchisi chorrahada svetoforning taqiqlovchi qizil chirog'iga bo'ysunmasdan harakatlangani oqibatida YTH sodir bo'lgan.

Hodisa oqibatida avtobus haydovchisi hamda “BYD” haydovchisi tez tibbiy yordam xodimlari kuzatuvida Respublika 1-sonli klinik shifoxonasiga olib ketilgan.

Mazkur holat Toshkent shahar IIBB YHHXB mas'ul xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar