AsosiyJAMIYAT

Surxondaryodagi suv omborida qayiq agʻdarilib ketdi

Hodisa ortidan bir kishi halok bo'ldi.

'Surxondaryodagi suv omborida qayiq agʻdarilib ketdi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan Janubiy Surxon suv omborida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa 1 iyun kuni soat 17:30 atrofida sodir bo‘lgan. “112” tizimi orqali kelib tushgan xabarga ko‘ra, suv omboridagi qayiq ag‘darilib, uning ichidagi fuqarolar suvga tushib ketgan.

Voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar qayiqda bo‘lgan besh nafar fuqarodan to‘rt nafari qirg‘oqqa suzib chiqqanini aniqlagan. Bir fuqaro esa suvdan chiqolmay, cho‘kib ketgan.

Hozirda qutqaruvchilar tomonidan suv havzasida keng ko‘lamli qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, hodisa sabablarini aniqlash maqsadida voqea joyida Qumqo‘rg‘on tumani prokuraturasi, Ichki ishlar bo‘limi hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 31 may kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yuk tashish uchun mo‘ljallangan elektromoped haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida transport vositasi unda bo‘lgan sakkiz nafar fuqaro bilan birga Narpay kanaliga tushib ketgan edi. 

O‘shanda to‘rt nafar fuqaro aholi tomonidan qutqarilgan, qolgan to‘rt nafar bolaning jasadi esa qidiruv ishlari davomida suvdan olib chiqilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 16:15

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 15:46

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 13:04

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 10:46

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 09:44

    'Braziliyada ikki vertolyot to'qnashdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 07:34

    Braziliyada ikki vertolyot to'qnashdi

    Qurbonlar orasida Oliver Tri bo'lishi mumkin.