AsosiyJamiyat

Uch viloyatda 18 mingdan ortiq giyohvandlik o‘simligi yo‘q qilindi

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

'Uch viloyatda 18 mingdan ortiq giyohvandlik o‘simligi yo‘q qilindi'ning rasmi

Fargʻona, Andijon va Toshkent viloyatlarida “Qoradori–2026” tadbiri doirasida vertolyot yordamida oʻtkazilgan tezkor reydlar davomida 18 mingdan ortiq koʻknori va kannabis aniqlandi. Ayrim fuqarolar tomorqasida minglab tup taqiqlangan oʻsimliklar yetishtirib kelingani maʼlum boʻldi.

Oʻzbekistonning bir qator hududlarida giyohvandlikka qarshi kurash doirasida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida 18 mingdan ortiq koʻknori va kannabis oʻsimliklari aniqlanib, yoʻq qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “Qoradori–2026” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida IIV hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan Fargʻona, Andijon va Toshkent viloyatlarida vertolyot orqali nazoratli uchishlar amalga oshirilgan.

Tadbirlar davomida jami 76 ta holatda 18 ming 254 tup koʻknori va 254 tup kannabis giyohvandlik oʻsimliklari aniqlangan. Shuningdek, ayrim fuqarolar tomonidan koʻknori somoni, koʻknori boshogʻi hamda “marixuana” saqlab kelingani ham fosh etilgan.

Qayd etilishicha, eng yirik holatlardan biri Fargʻona viloyatining Bogʻdod tumanida aniqlangan. 1981 yilda tugʻilgan fuqaro oʻz tomorqasida 5 ming 415 tup koʻknori yetishtirib kelayotgani maʼlum boʻlib, giyohvandlik oʻsimliklari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, Quva tumanida bir ayol oʻz uy xoʻjaligida 4 ming 600 tup koʻknori parvarishlayotgani maʼlum boʻlgan. Tekshiruv vaqtida xonadondan koʻknori boshogʻlari ham topilib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Margʻilon shahrida oʻtkazilgan tadbirda esa 1964 yilda tugʻilgan fuqaro tomonidan 3 ming 815 tup koʻknori yetishtirilayotgani aniqlangan. Shuningdek, uning uyidan 2 kilogramm koʻknori somoni ham topilgan.

Toshkent viloyatidagi holatlardan birida qariyb 80 yoshli ayol oʻz tomorqasida 400 tup koʻknori parvarishlab kelayotgani aniqlangan. Uning uyida ham giyohvandlik vositalari saqlanayotgani maʼlum boʻlgan.

IIV maʼlumotiga koʻra, aniqlangan barcha giyohvandlik oʻsimliklari yoʻq qilingan. Mazkur holatlar yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi — taqiqlangan ekinlarni yetishtirish bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘rik qoqisi orasiga yashirilgan 13 kilogramm geroin chegarada aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:11

    O‘rik qoqisi orasiga yashirilgan 13 kilogramm geroin chegarada aniqlandi

    Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:20

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:07

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:03

    'O‘zbekistonda 4 ming yil avvalgi bola bosh suyagida trepanatsiya izlari aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:01

    O‘zbekistonda 4 ming yil avvalgi bola bosh suyagida trepanatsiya izlari aniqlandi

    Olimlar ta'kidlashicha, ushbu kashfiyot qator savollarni ham keltirib chiqaradi.

    'Yoshlar va ularni ish bilan ta'minlayotgan tadbirkorlarga 10 milliard so'mgacha kredit beriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:10

    Yoshlar va ularni ish bilan ta'minlayotgan tadbirkorlarga 10 milliard so'mgacha kredit beriladi

    O‘zbekiston Prezidenti yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.