AsosiyJAMIYAT

Turkiyada 29 yoshli oʻzbekistonlik ayol vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan Turkiyaning tegishli idoralari bilan hamkorlikda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

'Turkiyada 29 yoshli oʻzbekistonlik ayol vafot etdi'ning rasmi

O'zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada 29 yoshli O'zbekiston fuqarosi vafot etgani haqida ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 29 may kuni mazkur holat yuzasidan Bosh konsulxonaga xabar kelib tushgan. Shundan so'ng Turkiyaning vakolatli tashkilotlari bilan hamkorlikda zarur ishlar boshlangan.

Hozirda marhumaning yaqinlariga jasadni O'zbekistonga qaytarish hamda boshqa konsullik-huquqiy masalalar bo'yicha amaliy ko'mak ko'rsatilmoqda.

Bosh konsulxona ma'lumotiga ko'ra, voqea yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Turkiyaning Sakarya viloyatidagi alyuminiy zavodida sodir bo'lgan baxtsiz hodisa oqibatida 54 yoshli O'zbekiston fuqarosi vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Turkiyada halok bo'lgan o'zbekistonlik Nodira Qodirova ishi qayta ko'rib chiqilayotgani ma'lum qilingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 13:49

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 13:28

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 10:04

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 09:39

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 08:25

    'Mirziyoyev Japarovni BMT Xavfsizlik Kengashiga saylangani bilan tabrikladi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:46

    Mirziyoyev Japarovni BMT Xavfsizlik Kengashiga saylangani bilan tabrikladi

    Suhbat avvalida davlat rahbari Sadir Japarov va qardosh qirg‘iz xalqini Qirg‘izistonning 2027–2028-yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylangani munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.