AsosiyJAMIYAT

Samarqanddagi tug‘ruqxonada homilasi nobud bo‘lgan ayol vafot etdi

Viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

'Samarqanddagi tug‘ruqxonada homilasi nobud bo‘lgan ayol vafot etdi'ning rasmi

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug'ruq uchun shifoxonaga olib kelingan ayol vafot etgani, homila esa nobud bo'lgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma'lum qilinishicha, fuqaro N.E. 10 aprel kuni Ishtixon tuman markaziy shifoxonasi tug'ruq bo'limiga qorin va bel sohasida og'riqlar bilan murojaat qilgan. Tibbiy tekshiruvlar davomida qog'anoq suvlarining xiralashgani hamda homila yurak urishida og'ir o'zgarishlar aniqlangan.

Shifokorlar tomonidan bemorga shoshilinch kesarcha kesish amaliyotini o'tkazish zarurligi haqida tushuntirilgan. Biroq yaqin qarindoshlar operatsiyaga rozi bo'lmagani sababli bemor boshqa shifoxonaga — Payariq tumani Chelak tug'ruq bo'limiga olib borilgan.

Keyingi tekshiruvlar natijasida homilaning antenatal o'limi holati qayd etilgan. Bemorga stasionar sharoitda tibbiy yordam ko'rsatilgan, biroq u 14 aprel kuni vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko'ra, ayolning o'limi o'tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi bilan kechgan o'pka arteriyasi tromboemboliyasi oqibatida yuz bergan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSHdagi Bosh konsulxonasi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 10:15

    AQSHdagi Bosh konsulxonasi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

    Bosh konsullik vatandoshlarni mahalliy qonunlarga amal qilishga, mas'uliyatli bo'lishga va mamlakat nufuziga putur etkazishi mumkin bo'lgan har qanday harakatlardan tiyilishga chaqirdi.

    'O‘zbekistonda 1 iyuldan qurilish sohasida yangi tartiblar joriy etiladi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 09:23

    O‘zbekistonda 1 iyuldan qurilish sohasida yangi tartiblar joriy etiladi

    50 yildan oshgan ko‘p qavatli uylarni qayta rejalashtirish taqiqlandi.

    'Jizzax yo‘lida yuk avtomobili yonib ketdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 07:46

    Jizzax yo‘lida yuk avtomobili yonib ketdi

    Bu haqda Jizzax viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

    'Avtomobil import qilishdagi cheklovlar bekor qilindi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:44

    Avtomobil import qilishdagi cheklovlar bekor qilindi

    Unga ko‘ra, transport vositasini import qilishda muvofiqlik sertifikatida berishdagi “bir yilda bir dona transport vositasi” cheklovi olib tashlandi.

    'Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:20

    Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi

    Uning alimentdan qarzdorligi qariyb 71 million so‘m bo‘lgan.

    ''ning rasmi

    JAMIYAT 05.06.2026 13:46