Isroil harbiylari G'arbiy Sohil hududida 7 oylik chaqaloq otib o'ldirdi. Bu haqda BBC ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, halok bo'lgan chaqaloqning ismi Sam Fahd Abu Haykal bo'lib, hodisa Xevron shahri janubidagi Tel Rumeyda hududida sodir bo'lgan. Chaqaloqning ota-onasi ham jarohat olgan.
Isroil Mudofaa armiyasi bayonotida harbiylar ular tomon tez harakatlanayotgan avtomobilni xavf sifatida qabul qilgani va shu sabab mashinaga bir necha o'q uzgani aytilgan.
Armiya ma'lumotiga ko'ra, voqea oqibatida 3 nafar falastinlik jarohatlangan va ular tibbiy yordamga yetkazilgan. Hodisa bo'yicha tekshiruv boshlangani hamda "begunoh insonlarga yetgan zarar uchun afsus" bildirilgan.
Chaqaloqning buvasi "Reuters"ga bergan intervyusida oila yo'lda Isroil harbiy texnikasi va askarlarini ko'rib, avtomobilni to'xtatganini aytgan. Uning so'zlariga ko'ra, dastlab ogohlantiruvchi o'qlar deb o'ylangan, keyin esa haqiqiy o'q uzilgan.
Uning ta'kidlashicha, o'q chaqaloqning yuziga tekkan va boshiga shikast yetkazgan, onasining yuzi ham jarohatlangan. Otasining barmog'i yaralangan, onasi esa shifoxonada davolanmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, 2023 yil 7 oktyabrdan boshlangan G'azo urushigacha G'arbiy Sohilda 1000 dan ortiq falastinlik halok bo'lgan. Shundan beri G'azoda Isroil hujumlari oqibatida 70 600 dan ortiq odam halok bo'lgan.






