AsosiyJAMIYAT

Toshkentda ikki soliq inspektori 5 ming dollar pora bilan ushlandi

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

'Toshkentda ikki soliq inspektori 5 ming dollar pora bilan ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahrining Yunusobod tumani Soliq inspektsiyasida faoliyat yurituvchi ikki nafar inspektor pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, DXH Call-markaziga kelib tushgan murojaat asosida Xizmatning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, mazkur inspektorlar o‘zaro til biriktirgan holda xizmat mavqeidan foydalanib, tadbirkorga "Chilonzor buyum bozori kompleksi" aksiyadorlik jamiyatidan uchta savdo do‘konini ijaraga olishda yordam berishni va’da qilgan.

Ular o‘zlarining tanishlari orqali tadbirkorga tegishli mas’uliyati cheklangan jamiyatni ochiq savdo tenderida g‘olib deb toptirish va savdo do‘konlarini ijaraga berish bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming AQSh dollari talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida soliq inspektorlari so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati fuqarolarni korrupciya va boshqa qonunbuzilish holatlari haqida DXHning 1520 qisqa raqami orqali xabar berishga chaqirdi. Ma’lum qilinishicha, murojaat etuvchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 08:12

    'Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv boshlandi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 07:40

    Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv boshlandi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi 4-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxsga nisbatan qiynoq qo‘llanib, undan majburiy ko‘rsatma olinayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan tekshiruv boshlandi.

    'Farg‘onada “Soliq Mobile” orqali 3,2 mlrd so‘mlik keshbek talon-toroj qilingani aniqlandi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 05:09

    'Sud tizimida korrupsiyaga qarshi yangi tuzilma tashkil etilishi mumkin'ning rasmi

    JAMIYAT 08.06.2026 17:25

    Sud tizimida korrupsiyaga qarshi yangi tuzilma tashkil etilishi mumkin

    Prezident Shavkat Mirziyoyev sudlarda komplaens nazorati tizimi samaradorligini oshirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

    'Qashqadaryodagi gaz quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    JAMIYAT 08.06.2026 12:24

    Qashqadaryodagi gaz quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

    Hodisa haqida 8-iyun kuni soat 13:50 da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

    'Qrimda yo'lovchi poyezdi dron hujumiga uchradi'ning rasmi

    JAMIYAT 08.06.2026 12:21

    Qrimda yo'lovchi poyezdi dron hujumiga uchradi

    Hodisa vaqtida poezddagi yo‘lovchilar orasida jabrlanganlar bo‘lmagan.