AsosiyJAMIYAT

Tailand taxti vorislaridan biri bo‘lgan malika vafot etdi

Qirollik saroyi ma'lum qilishicha, malika bilan vidolashuv va dafn marosimlari davlat darajasida o'tkaziladi.

'Tailand taxti vorislaridan biri bo‘lgan malika vafot etdi'ning rasmi

Tayland qiroli Maxa Vajiralongkornning qizlaridan biri, malika Bajrakitiyabha 11 iyun kuni kechqurun vafot etdi. Bu haqda Qirollik saroyi ma'lum qildi.

Bildirilishicha, malika sog'lig'ining keskin yomonlashishi oqibatida hayotdan ko'z yumgan. U so'nggi qariyb to'rt yil davomida koma holatida bo'lgan.

Malika Bajrakitiyabha 2022 yil dekabr oyida Nakhon Ratchasima viloyatiga tashrif buyurgan vaqtda yurak bilan bog'liq xastalik tufayli hushidan ketgan. Shundan so'ng u vertolyot orqali Bangkok shahriga olib kelinib, shifoxonaga yotqizilgan edi.

Qirollik saroyi ma'lumotiga ko'ra, keyingi yillarda uning ahvoli qorin bo'shlig'i infeksiyasi, kolit, qon bosimining pasayishi, yurak ritmining buzilishi hamda qon ivishi bilan bog'liq muammolar sabab yanada og'irlashgan.

Xalq orasida “Malika Pa” nomi bilan tanilgan Bajrakitiyabha 1978 yil 7 dekabr kuni o'sha vaqtdagi valiahd shahzoda Maxa Vajiralongkorn va uning birinchi rafiqasi malika Soamsavali oilasida tug'ilgan.

U AQShdagi Cornell University universitetida huquq sohasida tahsil olgan bo'lib, magistr va doktorlik darajalarini qo'lga kiritgan. 2006–2011 yillarda Tayland Bosh prokuraturasi tizimida huquqshunos sifatida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, 2012–2014 yillarda Taylandning Avstriya, Sloveniya va Slovakiya elchisi lavozimida ishlagan. Keyinchalik esa prokuratura tizimiga qaytgan.

Malika qamoqdagi ayollar, ayniqsa homilador mahkumalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xayriya tashabbuslari bilan ham tanilgan.

2017 yilda u Birlashgan Millatlar Tashkilotining jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo'yicha komissiyasi tomonidan Janubi-Sharqiy Osiyoda qonun ustuvorligi masalalari bo'yicha ezgu niyat elchisi etib tayinlangan.

2021 yilda esa malika harbiy xizmatga o'tib, general harbiy unvoniga sazovor bo'lgan hamda Qirollik xavfsizlik qo'mondonligi shtabi boshlig'i sifatida xizmat qilgan.

Bajrakitiyabha Tayland qiroli Maxa Vajiralongkornning rasmiy maqomga ega bo'lgan va mamalakat Konstitutsiyasiga muvofiq taxt vorisi bo'lish huquqiga ega uch nafar farzandidan biri edi.

Qirollik saroyi ma'lum qilishicha, malika bilan vidolashuv va dafn marosimlari davlat darajasida o'tkaziladi. Shuningdek, mamalakatda milliy motam e'lon qilinishi kutilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 09:19

    'Toshkentda 34 kilogrammdan ortiq narkotik modda olib kelayotgan shaxslar ushlandi.'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:25

    Toshkentda 34 kilogrammdan ortiq narkotik modda olib kelayotgan shaxslar ushlandi.

    Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    'O'zbekistonning tog'li hududlarida sel xavfi e'lon qilindi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:54

    O'zbekistonning tog'li hududlarida sel xavfi e'lon qilindi

    Mutasaddilar aholini havo ma'lumotlarini kuzatib borish va xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilishga chaqirmoqda.

    'Toshkentda bir nechta avtomobilni urib ketgan Cobalt haydovchisi o‘q uzib to‘xtatildi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:32

    Toshkentda bir nechta avtomobilni urib ketgan Cobalt haydovchisi o‘q uzib to‘xtatildi

    Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    'Yarim asrlik armon tugadi: O‘zbekiston Jahon chempionatiga qanday yetib bordi?'ning rasmi

    JAMIYAT 11.06.2026 15:03

    Yarim asrlik armon tugadi: O‘zbekiston Jahon chempionatiga qanday yetib bordi?

    O'zbekiston milliy futbol terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo'llanma olib, mamlakat sport tarixida yangi sahifa ochdi.

    ''ning rasmi

    JAMIYAT 11.06.2026 14:34