AsosiyJAMIYAT

Toshkentda 34 kilogrammdan ortiq narkotik modda olib kelayotgan shaxslar ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

'Toshkentda 34 kilogrammdan ortiq narkotik modda olib kelayotgan shaxslar ushlandi.'ning rasmi

Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 34 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida maxsus operatsiya o‘tkazilgan.

Tezkor tadbir davomida poytaxtdagi “Qo‘yliq” bozori yaqinida shubhali tarzda to‘xtab turgan Lacetti rusumli avtomobil ko‘zdan kechirilgan.

Aniqlanishicha, transport vositasini Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 1968 yilda tug‘ilgan shaxs boshqarib kelgan. Avtomobilda, shuningdek, 1984 yilda Denov shahrida tug‘ilgan va hozirda Toshkent shahrida yashovchi fuqaro ham bo‘lgan.

Tekshiruv jarayonida avtomashina salonidagi plastik idish ichiga yashirilgan 30 ta o‘ramda jami 34 kilogramm 610 gramm og‘ir turdagi giyohvandlik vositalari borligi aniqlangan. Ulardan 12 kilogramm 960 grammi opiy, 21 kilogramm 650 grammi esa gashish ekani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur moddalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu turdagi giyohvandlik vositalari mamlakat hududiga chet eldan kontrabanda yo‘li orqali olib kirilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Tergov harakatlari doirasida gumonlanuvchilarning ehtimoliy jinoiy sheriklarini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tailand taxti vorislaridan biri bo‘lgan malika vafot etdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:05

    Tailand taxti vorislaridan biri bo‘lgan malika vafot etdi

    Qirollik saroyi ma'lum qilishicha, malika bilan vidolashuv va dafn marosimlari davlat darajasida o'tkaziladi.

    'O'zbekistonning tog'li hududlarida sel xavfi e'lon qilindi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:54

    O'zbekistonning tog'li hududlarida sel xavfi e'lon qilindi

    Mutasaddilar aholini havo ma'lumotlarini kuzatib borish va xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilishga chaqirmoqda.

    'Toshkentda bir nechta avtomobilni urib ketgan Cobalt haydovchisi o‘q uzib to‘xtatildi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:32

    Toshkentda bir nechta avtomobilni urib ketgan Cobalt haydovchisi o‘q uzib to‘xtatildi

    Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    'Yarim asrlik armon tugadi: O‘zbekiston Jahon chempionatiga qanday yetib bordi?'ning rasmi

    JAMIYAT 11.06.2026 15:03

    Yarim asrlik armon tugadi: O‘zbekiston Jahon chempionatiga qanday yetib bordi?

    O'zbekiston milliy futbol terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo'llanma olib, mamlakat sport tarixida yangi sahifa ochdi.

    ''ning rasmi

    JAMIYAT 11.06.2026 14:34

    ''ning rasmi

    JAMIYAT 11.06.2026 14:12