AsosiyJAMIYAT

Bankomatlardagi nosozliklar uchun banklar jarimaga tortiladi

Markaziy bank 6 avgustdan boshlab bankomatlar orqali naqd pul yechishdagi uzilishlar uchun tijorat banklariga moliyaviy jarimalar qo‘llaydi.

'Bankomatlardagi nosozliklar uchun banklar jarimaga tortiladi'ning rasmi

Markaziy bank 6 avgustdan boshlab bankomatlar orqali naqd pul yechib olishda mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar uchun tijorat banklariga moliyaviy jarimalar qo‘llaydi. Bu haqda Markaziy bank raisi Timur Ishmetov Senatning 13 iyun kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida ma'lum qildi.

Uning aytishicha, 2025 yilda bankomatlar orqali 341 million operatsiya amalga oshirilgan bo‘lib, muammoli transaksiyalar ulushi 0,08 foizni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, nosozliklarning katta qismi banklar faoliyati bilan emas, balki bankomatda zarur nominallardagi kupyuralar yo‘qligi, karta bloklanishi, PIN-kodning noto‘g‘ri kiritilishi, aloqa va elektr ta'minotidagi uzilishlar bilan bog‘liq.

Timur Ishmetovning ta'kidlashicha, yangi tartib mijozlar huquqlarini himoya qilish va banklarning xizmat sifati uchun mas'uliyatini oshirishga qaratilgan.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi bo‘yicha banklar reytingi shakllantirilib, eng past ko‘rsatkichga ega banklar jamoatchilikka e'lon qilib boriladi.

    Boshqa yangiliklar