AsosiyJAMIYAT

AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Shahboz Sharifning ta'kidlashicha, muzokaralarda vositachilik qilgan Pokiston AQSh va Eronga, shuningdek, jarayonda ishtirok etgan Qatar, Saudiya Arabistoni va Turkiyaga minnatdorlik bildirgan.

'AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi'ning rasmi

AQSh va Eron o‘rtasida tinchlik kelishuviga erishildi. Bu haqda Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar barcha yo‘nalishlarda, jumladan Livanda ham harbiy harakatlarni zudlik bilan va uzil-kesil to‘xtatishga kelishib olgan. Kelishuvni rasmiy imzolash marosimi 19 iyun kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tadi.

Shahboz Sharifning ta’kidlashicha, muzokaralarda vositachilik qilgan Pokiston AQSh va Eron, shuningdek, jarayonda ishtirok etgan Qatar, Saudiya Arabistoni va Turkiyaga minnatdorlik bildirgan.

AQSh Prezidenti Donald Trump ham Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Eron bilan kelishuv yakunlanganini e’lon qildi.

“Barchani tabriklayman! Men Hormuz bo‘g‘ozini boj va cheklovlarsiz ochishga hamda AQSh harbiy-dengiz kuchlari tomonidan o‘rnatilgan dengiz blokadasini darhol bekor qilishga ruxsat berdim. Dunyo kemalari, dvigatellaringizni ishga tushiring. Neft oqimi davom etsin”, deb yozdi Tramp.

Keyinchalik u jurnalistlarga Hormuz bo‘g‘azi Eron bilan kelishuv rasman imzolanganidan keyin ochilishini ma’lum qildi.

Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kozim G‘aribobodiy davlat televideniyesiga bergan intervyusida AQSh bilan kelishuv matni yakunlanganini va u 19 iyun kuni Jeneva shahrida imzolanishini tasdiqladi.

Uning aytishicha, kelishuvdan so‘ng 60 kun davomida yakuniy tinchlik shartnomasini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar olib boriladi. Shu davrda Eron memorandum shartlari bajarilishini qat’iy nazorat qilib boradi.

Shuningdek, AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens Jenevadagi imzolash marosimida qatnashishni rejalashtirayotganini, biroq u yerga Prezident Donald Trumpning o‘zi ham borishi mumkinligini aytgan.

Hozircha kelishuvning to‘liq matni jamoatchilikka e’lon qilinmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samarqandda bog‘cha tarbiyalanuvchisi suv havzasiga tushib ketib halok bo‘ldi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 05:47

    Samarqandda bog‘cha tarbiyalanuvchisi suv havzasiga tushib ketib halok bo‘ldi

    Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    'Saida Mirziyoyeva giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashni o'z nazoratiga oldi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:25

    Saida Mirziyoyeva giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashni o'z nazoratiga oldi

    U mazkur masalani shaxsan o‘z nazoratiga olganini bildirib, giyohvandlikka qarshi kurashda jamiyatning har bir a’zosi faol bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

    'Bankomatlardagi nosozliklar uchun banklar jarimaga tortiladi'ning rasmi

    JAMIYAT 14.06.2026 16:11

    Bankomatlardagi nosozliklar uchun banklar jarimaga tortiladi

    Markaziy bank 6 avgustdan boshlab bankomatlar orqali naqd pul yechishdagi uzilishlar uchun tijorat banklariga moliyaviy jarimalar qo‘llaydi.

    'O'zbekistonda eski mashinalarni utilizatsiya qilish tizimi joriy etiladi'ning rasmi

    JAMIYAT 14.06.2026 13:18

    O'zbekistonda eski mashinalarni utilizatsiya qilish tizimi joriy etiladi

    30 yildan oshgan avtomobillarga har yili 12,3 mln so‘m ekologik kompensatsiya to‘lovi joriy etilishi mumkin.

    'Ortiqcha shovqinga qarshi yangi cheklovlar joriy etildi'ning rasmi

    JAMIYAT 14.06.2026 09:06

    Ortiqcha shovqinga qarshi yangi cheklovlar joriy etildi

    Hujjatga ko‘ra, shovqin tufayli zarar ko‘rgan fuqarolarga kompensatsiya to‘lash mexanizmlari joriy etilishi mumkin.

    'Andijondagi hodisa: FVV iddaolarni rad etdi'ning rasmi

    JAMIYAT 14.06.2026 06:50

    Andijondagi hodisa: FVV iddaolarni rad etdi

    Andijon viloyati Marhamat tumanida joylashgan tibbiyot birlashmasi hududida 4 nafar xodim quduqdagi gazdan zaharlanib halok bo'lgani bilan bog'liq holat yuzasidan FVV munosabat bildirdi.