AsosiyJAMIYAT

Samarqandda bog‘cha tarbiyalanuvchisi suv havzasiga tushib ketib halok bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

'Samarqandda bog‘cha tarbiyalanuvchisi suv havzasiga tushib ketib halok bo‘ldi'ning rasmi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida joylashgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi suv havzasiga tushib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 5 iyun kuni Payariq tumanidagi “Sarbozor” mahallasida joylashgan “Yulduzcha” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi, 2023 yilda tug‘ilgan R.M. muassasa yaqinidagi umumta’lim maktabi hududida favqulodda holatlarda foydalanish uchun qurilgan suv havzasiga tushib ketgan.

Oqibatda bola halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Payariq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi marhum tarbiyalanuvchining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

    Boshqa yangiliklar