AsosiyJAMIYAT

Mirziyoyev Si Tszinpinni tavallud kuni bilan tabrikladi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

'Mirziyoyev Si Tszinpinni tavallud kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

Tabrik maktubida Si Szinpin Xitoy Xalq Respublikasi va Xitoy Kommunistik partiyasining yirik siyosiy arbobi sifatida Vatan va xalqqa bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbat, yuksak mas’uliyat hissi hamda uzoqni ko‘ra bilishga asoslangan strategik tafakkur bilan mamlakatni yangi marralar sari boshlab borayotgani ta’kidlangan.

“Sizning oqilona rahbarligingiz ostida Xitoy modernizatsiyasi izchil davom etmoqda, millatning buyuk tiklanishi va yuksalishiga qaratilgan siyosatingiz mamlakatingiz tarixiga yorqin sahifa sifatida yozilmoqda”, deyiladi tabrikda.

Shuningdek, maktubda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etilgan. Davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch va har qanday sharoitdagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari yil sayin mustahkamlanib borayotgani alohida ta’kidlangan.

“Biz Yangi O‘zbekistonda amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarda Xitoy Xalq Respublikasi va shaxsan Sizning doimiy ko‘magingiz hamda qo‘llab-quvvatlovingizni yaqqol his qilib kelmoqdamiz”, deyiladi maktubda.

Qayd etilishicha, o‘tgan yillar davomida barcha asosiy sohalarda o‘zaro manfaatli va ko‘p pog‘onali hamkorlik mexanizmlari shakllangan. Shuningdek, “Bir makon — bir yo‘l” tashabbusi doirasida salmoqli amaliy natijalarga erishilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy darajadagi uchrashuvlar davomida erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish orqali O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish mumkinligiga ishonch bildirgan.

Maktub so‘ngida davlat rahbari Si Szinpinga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, Xitoy xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va bardavom taraqqiyot tilagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 10:46

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 09:44

    'Braziliyada ikki vertolyot to'qnashdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 07:34

    Braziliyada ikki vertolyot to'qnashdi

    Qurbonlar orasida Oliver Tri bo'lishi mumkin.

    'Samarqandda bog‘cha tarbiyalanuvchisi suv havzasiga tushib ketib halok bo‘ldi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 05:47

    Samarqandda bog‘cha tarbiyalanuvchisi suv havzasiga tushib ketib halok bo‘ldi

    Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    'AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:47

    AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi

    Shahboz Sharifning ta'kidlashicha, muzokaralarda vositachilik qilgan Pokiston AQSh va Eronga, shuningdek, jarayonda ishtirok etgan Qatar, Saudiya Arabistoni va Turkiyaga minnatdorlik bildirgan.

    'Saida Mirziyoyeva giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashni o'z nazoratiga oldi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:25

    Saida Mirziyoyeva giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashni o'z nazoratiga oldi

    U mazkur masalani shaxsan o‘z nazoratiga olganini bildirib, giyohvandlikka qarshi kurashda jamiyatning har bir a’zosi faol bo‘lishi lozimligini qayd etdi.