AsosiyJAMIYAT

Braziliyada ikki vertolyot to'qnashdi

Qurbonlar orasida Oliver Tri bo'lishi mumkin.

'Braziliyada ikki vertolyot to'qnashdi'ning rasmi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida ikki vertolyotning havoda to‘qnashib ketishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari qurbonlar orasida amerikalik xonanda Oliver Tri ham bo‘lishi mumkinligini xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, fojea 14 iyun kuni Rio-de-Janeyro shahrining Rekreyu-dus-Bandeyrantis tumani osmonida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, havoda to‘qnashgan ikki vertolyot yerga qulab tushgan.

Vertolyotlardan birida besh nafar yo‘lovchi, ikkinchisida esa uchuvchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida ularning barchasi halok bo‘lgan.

Ommaviy axborot vositalari politsiya manbalariga tayanib, qurbonlar orasida 32 yoshli amerikalik xonanda va qo‘shiq muallifi Oliver Tri ham bo‘lganini yozmoqda. U Braziliyaga jahon gastrol safari doirasida kelgani aytilmoqda.

Shuningdek, halok bo‘lganlar orasida braziliyalik musiqa produseri, argentinalik videorejissyor va YouTube blogeri Gaspar Prim ham borligi xabar qilingan.

To‘qnashuvdan keyin har ikki vertolyot elektromobillar avtosaloni hududiga qulab tushgan. Hodisa oqibatida yong‘in kelib chiqqan va bir necha o‘nta avtomobil shikastlangan.

Ayni paytda huquq-tartibot idoralari va qutqaruv xizmatlari tomonidan fojea sabablari o‘rganilmoqda. Tergov doirasida texnik nosozlik, inson omili hamda parvozlarni muvofiqlashtirishdagi ehtimoliy xatolar ko‘rib chiqilmoqda.

Rasmiylar ma’lum qilishicha, qurbonlarning shaxsini aniqlash jarayoni davom etmoqda. Jasadlar qattiq kuygani sababli qo‘shimcha ekspertizalar tayinlangan

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 10:46

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 09:44

    'Mirziyoyev Si Tszinpinni tavallud kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 07:29

    Mirziyoyev Si Tszinpinni tavallud kuni bilan tabrikladi

    Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    'Samarqandda bog‘cha tarbiyalanuvchisi suv havzasiga tushib ketib halok bo‘ldi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 05:47

    Samarqandda bog‘cha tarbiyalanuvchisi suv havzasiga tushib ketib halok bo‘ldi

    Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    'AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:47

    AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi

    Shahboz Sharifning ta'kidlashicha, muzokaralarda vositachilik qilgan Pokiston AQSh va Eronga, shuningdek, jarayonda ishtirok etgan Qatar, Saudiya Arabistoni va Turkiyaga minnatdorlik bildirgan.

    'Saida Mirziyoyeva giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashni o'z nazoratiga oldi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:25

    Saida Mirziyoyeva giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashni o'z nazoratiga oldi

    U mazkur masalani shaxsan o‘z nazoratiga olganini bildirib, giyohvandlikka qarshi kurashda jamiyatning har bir a’zosi faol bo‘lishi lozimligini qayd etdi.