AsosiyJAMIYAT

Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi.

Gap Istiqbol, Farg‘ona yo‘li va Nukus ko‘chalari kesishmasidan boshlanib, Abdulla Qodiriy ko‘chasi hamda Mahtumquli shohko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan yo‘l qismi haqida bormoqda.

'Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi.'ning rasmi

Toshkent shahridagi ko‘chalardan biriga Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 15 iyun kuni imzolangan tegishli qarorda belgilangan.

Hujjatga muvofiq, Yashnobod tumanida barpo etilayotgan "O‘zbek-turk do‘stligi" xiyoboniga tutash hududdagi Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismi Mustafo Kamol Otaturk nomi bilan ataladi.

Gap Istiqbol, Farg‘ona yo‘li va Nukus ko‘chalari kesishmasidan boshlanib, Abdulla Qodiriy ko‘chasi hamda Mahtumquli shohko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan yo‘l qismi haqida bormoqda. 

Mazkur qaror O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va qardoshlik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi ramziy qadam sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tish joiz, avvalroq Turkiyaning Hatay viloyati Arsuz tumanida O‘zbekiston tomonidan qurib berilgan turar joy majmuasi negizida tashkil etilgan "O‘zbekiston mahallasi", shuningdek, Shavkat Mirziyoyev bulvari hamda Toshkent va Samarqand ko‘chalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi.

    Boshqa yangiliklar