AsosiyJAMIYAT

AQSh va Eron o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Biroq Isroil mazkur kelishuvga qo‘shilishi yoki uni qo‘llab-quvvatlashi yuzasidan hozircha aniq bayonot bermagan.

'AQSh va Eron o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi'ning rasmi

AQSh va Eron o‘rtasida butun front bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi kelishib olindi. Bu haqda xalqaro ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, tomonlar jangovar harakatlarni to‘xtatish masalasida kelishuvga erishgan. Memorandum Livan hududini ham qamrab oladi. Biroq Isroil mazkur kelishuvga qo‘shilishi yoki uni qo‘llab-quvvatlashi yuzasidan hozircha aniq bayonot bermagan.

Shu bilan birga, Eronning yadroviy dasturi bilan bog‘liq masalalar ochiqligicha qolmoqda. Manbalarga ko‘ra, mazkur yo‘nalish bo‘yicha tomonlar o‘rtasida hozircha alohida kelishuv mavjud emas.

Qayd etilishicha, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan anglashuv mintaqadagi keskinlikni yumshatishga qaratilgan navbatdagi diplomatik qadam sifatida baholanmoqda. Biroq kelishuvning amaliy ijrosi va unga boshqa ishtirokchilarning munosabati yaqin kunlarda ma’lum bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar