AsosiySIYOSAT

Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda amerikalik hamkorlarning O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga qiziqishi ham alohida qayd etildi.

'Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki prezidenti bilan uchrashdi'ning rasmi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh Eksport-import banki (Eksimbank) prezidenti Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar sanoat va moliya sohalaridagi istiqbolli loyihalarni kengaytirish, shuningdek, qo‘shma investitsiya platformasini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda amerikalik hamkorlarning O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga qiziqishi ham alohida qayd etildi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi investitsiya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar