AsosiySIYOSAT

Mirziyoyev: O‘zbekiston iqtisodiyoti bu yil 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda

Prezident investorlarga yangi imkoniyatlarni ochiqladi.

'Mirziyoyev: O‘zbekiston iqtisodiyoti bu yil 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida O'zbekiston iqtisodiyotining yangi bosqichga ko'tarilayotganini ma'lum qildi.

Davlat rahbariga ko'ra, so'nggi yillarda mamlakatga 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilingan. Shundan 123 milliard dollari oxirgi besh yil hissasiga to'g'ri keladi.

Mirziyoyev joriy yilgi forumda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan qariyb 4 ming nafar xorijiy mehmon ishtirok etayotganini ta'kidlab, bu Yangi O'zbekistonga bo'lgan ishonch ortib borayotganining yorqin ifodasi ekanini qayd etdi.

Prezidentning bildirishicha, o'tgan yili mamlakat yalpi ichki mahsuloti 7,7 foizga o'sgan va iqtisodiyotga 43 milliard dollar investitsiya jalb qilingan. Xalqaro zaxiralar hajmi esa 70 milliard dollardan oshgan.

Davlat rahbari to'rt yil avval mamlakat yalpi ichki mahsulotini 2026 yilgacha 100 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo'yilganini eslatib, bugungi kunda iqtisodiyot hajmi 180 milliard dollardan oshishi kutilayotganini aytdi.

Forumda investorlar uchun yangi imkoniyatlar ham e'lon qilindi. Xususan, Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi. Markaz ishtirokchilari uchun foyda solig'i, qo'shilgan qiymat solig'i, mol-mulk solig'i hamda bojxona bojlari nol' stavkada belgilanadi. Ushbu imtiyozlar dastlabki bosqichda 50 yil davomida amal qiladi.

Shuningdek, markaz hududida Angliya huquqiga asoslangan maxsus huquqiy rejim joriy etilib, mustaqil Toshkent xalqaro tijorat sudi tashkil etiladi.

Prezident kapital bozorini rivojlantirish maqsadida yangi qonunlar qabul qilinishi, milliy kompaniyalarni IPOga chiqarish davom ettirilishi va islom moliyasi vositasi hisoblangan sukuk dasturi ishga tushirilishini ham ma'lum qildi.

Mirziyoyev O'zbekiston yer osti boyliklarining umumiy qiymati taxminan 3 trillion dollarga baholanishini qayd etib, tog'-kon, kimyo, mashinasozlik, robototexnika, qurilish materiallari, elektrotexnika va farmatsevtika sohalarida o'nlab milliard dollarlik investitsiya loyihalari taklif qilinayotganini bildirdi.

Davlat rahbari “yashil” energetika sohasida ham katta rejalar borligini aytdi. Yaqin yillarda umumiy elekt energiyasi ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 54 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Shu bilan birga, Qoraqalpog'istonda sun'iy intellekt va data-markazlar uchun maxsus zona tashkil etilgani ma'lum qilindi. Unda investorlar 2040 yilgacha barcha turdagi soliq va bojlardan ozod qilinadi.

Prezident o'z nutqida transport-logistika sohasidagi yirik loyihalarga ham to'xtalib o'tdi. Jumladan, Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston temir yo'li qurilishi, Transafg'on koridori va Kaspiy dengizi orqali o'tuvchi O'rta koridor loyihalari mintaqaning transport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.

Mirziyoyev xorijiy sarmoyadorlarga murojaat qilib, O'zbekiston teng huquqli va o'zaro manfaatli hamkorlikka tayyor investorlar uchun hamisha ochiq ekanini bildirdi.

“Yangi O'zbekistonning eshiklari xorijiy investorlar uchun doimo ochiq. Prezident sifatida shaxsan o'zim va Hukumatimiz sizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyormiz”, dedi davlat rahbari.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 09:02

    'Toshkentda xalqaro moliya markazi tashkil etiladi'ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 05:46

    Toshkentda xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

    Prezidentning ma'lum qilishicha, markaz hududida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega mustaqil moliyaviy regulyator ham faoliyat yuritadi.

    'Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki prezidenti bilan uchrashdi'ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 04:46

    Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki prezidenti bilan uchrashdi

    Uchrashuvda amerikalik hamkorlarning O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga qiziqishi ham alohida qayd etildi.

    'Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan uchrashdi'ning rasmi

    SIYOSAT Bugun 02:41

    Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan uchrashdi

    Uchrashuvda Malayziyaning “Petronas” korporatsiyasi delegatsiyasi bilan o‘tkazilayotgan muzokaralar ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan.

    'Mirziyoyev “Air Products” bosh direktori bilan yangi loyihalarni muhokama qildi'ning rasmi

    SIYOSAT 16.06.2026 13:04

    Mirziyoyev “Air Products” bosh direktori bilan yangi loyihalarni muhokama qildi

    Uchrashuvda mamlakatda yuqori texnologiyali sanoat korxonalarini barpo etishga faol investitsiya kiritayotgan kompaniya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    'O'zbekiston va Albaniya munosabatlari yangi bosqichga chiqmoqda'ning rasmi

    SIYOSAT 16.06.2026 08:36

    O'zbekiston va Albaniya munosabatlari yangi bosqichga chiqmoqda

    Uchrashuvda ikki mamalakat oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi yoʻnalishlarda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.