AQShning Amazon Leo kompaniyasi hamda "UZ-SAT" qo'shma korxonasi O'zbekistonda yuqori tezlikdagi sun'iy yo'ldosh internet xizmatlarini joriy etish bo'yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar qildi.
Loyiha orqali shaharlar bilan bir qatorda olis va telekommunikatsiya infratuzilmasi cheklangan hududlarda ham yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Foydalanuvchilar Nano, Pro va Ultra antennalari orqali tarmoqqa ulanadi. Nano qurilmasi 100 Mbit/s, Ultra esa 1 Gbit/s gacha internet tezligini ta'minlaydi.
Amazon Leo (avvalgi Project Kuiper) past Yer orbitasidagi 3 mingdan ortiq sun'iy yo'ldosh orqali internet xizmatini taqdim etadi va Starlink'ning asosiy raqobatchilaridan biri hisoblanadi.






