AsosiySIYOSAT

Mirziyoyev: Xorijiy investorlar kengashi Yangi O‘zbekiston va jahon investitsiya hamjamiyati o‘rtasidagi ishonchli ko‘prikka aylandi

Bugun, 18 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi.

'Mirziyoyev: Xorijiy investorlar kengashi Yangi O‘zbekiston va jahon investitsiya hamjamiyati o‘rtasidagi ishonchli ko‘prikka aylandi'ning rasmi

Yig'ilish avvalida davlat rahbari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Bassoga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil qo'llab-quvvatlab kelayotgani hamda kengash faoliyatiga samarali raislik qilayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, Prezident anjumanda ishtirok etayotgan xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalar rahbarlariga samimiy ehtiromini izhor etdi.

Ta'kidlanishicha, so'nggi yillarda Xorijiy investorlar kengashi oddiy maslahat mexanizmi emas, balki amaliy islohotlar maydoniga aylanib, Yangi O'zbekiston bilan jahon investitsiya hamjamiyati o'rtasidagi ishonchli ko'prik vazifasini bajarmoqda.

Davlat rahbari bugungi kunda kengash mustaqil assotsiatsiya maqomiga ega bo'lib, tom ma'noda kuchli institut darajasiga ko'tarilganini qayd etdi.

Ma'lum qilinishicha, o'tgan bir yil davomida kengash ishtirokchilari soni 54 ta kompaniyadan 85 taga yetgan. Ular iqtisodiyotning 23 ta tarmog'ini qamrab olgan holda ishchi guruhlar faoliyatida bevosita ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi kengashning Ijroiya qo'mitasi tarkibida faoliyat yuritib kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar