AsosiyDUNYO

Xorazmda hokim yordamchisi o'qishga kiritish uchun 1400 dollar so'ragan vaqtida ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

'Xorazmda hokim yordamchisi o'qishga kiritish uchun 1400 dollar so'ragan vaqtida ushlandi'ning rasmi

Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida mahalla hokim yordamchisi fuqaroni oliy ta'lim muassasasiga o'qishga kiritib qo'yishni va'da qilib, 1400 AQSh dollari olgan vaqtida qo'lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma'lum qilishicha, Hazorasp tumanidagi “Ziyolilar” mahallasi hokim yordamchisi I.R. fuqaro D.R.ni Toshkent gumanitar fanlar universitetiga o'qishga kiritishini aytgan.

Qayd etilishicha, u mazkur xizmat evaziga 1400 AQSh dollari talab qilgan. Tezkor tadbir davomida ushbu mablag'ni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berishga dalolat qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar