AsosiyDUNYO

Reuters: Isroil va “Hizbulloh” o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

“Hizbulloh” va Isroil o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi”, degan amerikalik rasmiy Reuters bilan suhbatda.

'Reuters: Isroil va “Hizbulloh” o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi'ning rasmi

Isroil va “Hizbulloh” o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda AQShning yuqori martabali amaldorlaridan biriga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, sulh rejimi bugun, 19 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 dan kuchga kirishi kutilmoqda.

“Hizbulloh” va Isroil o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi”, degan amerikalik rasmiy Reuters bilan suhbatda.

Uning aytishicha, kelishuv AQSh va Qatar vositachiligida, Eron ishtirokida olib borilgan muzokaralar natijasida ishlab chiqilgan. Qayd etilishicha, bugungi qurolli to‘qnashuvlardan keyin har ikki tomon sulh rejimiga rioya qilishga rozilik bildirgan.

Hozircha Isroil rasmiylari ham, “Hizbulloh” vakillari ham mazkur ma’lumot yuzasidan rasmiy bayonot bermagan.

Ma’lumot uchun, Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi keskinlik 2023 yil oktyabr oyida G‘azo sektorida urush boshlanganidan keyin yanada kuchaygan edi. Shundan buyon tomonlar o‘rtasida bir necha bor o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlar e’lon qilingan, biroq ularning aksariyati uzoq vaqt saqlanmagan.

Agar mazkur kelishuv rasman kuchga kirsa, u so‘nggi oylardagi eng muhim deeskalatsiya qadamlaridan biri sifatida baholanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar