AsosiyJAMIYAT

Andijonda bolalar janjaliga aralashgan erkak javobgarlikka tortildi

Bu haqda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

'Andijonda bolalar janjaliga aralashgan erkak javobgarlikka tortildi'ning rasmi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida o'smirlar o'rtasidagi janjalga aralashib, bolaga tan jarohati yetkazgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Viloyat IIB ma'lumotiga ko'ra, 18 iyun kuni taxminan soat 15:30 larda “Namozgoh” MFY hududidan oqib o'tuvchi Shahrixonsoy kanali bo'yida 2016 yilda tug'ilgan ikki nafar bola cho'milish vaqtida o'zaro janjallashib qolgan.

Shu paytda 1988 yilda tug'ilgan ota vaziyatga aralashib, qo'shnisining bolasini kaltaklagan.

Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so'ng huquq-tartibot organlari tomonidan tekshiruv o'tkazilgan.

Erkak ichki ishlar bo'limida o'z qilmishiga afsus bildirib, qilgan ishidan pushaymon ekanini aytgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “d” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Gumonlanuvchi qo'lga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar