Bujuk Britaniyaning Bedford shahri yaqinida ikki yo'lovchi poyezdi to'qnashib ketishi oqibatida kamida bir kishi halok bo'ldi, yana 89 kishi turli darajada jarohat oldi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, hodisa 19 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:15 atrofida sodir bo'lgan. Voqeadan so'ng qutqaruv xizmatlari va tibbiyot xodimlari ishtirokida keng ko'lamli operatsiya boshlangan.
Sharqiy Angliya tez yordam xizmati ma'lumotiga ko'ra, 33 kishi og'ir, 56 kishi esa engil jarohatlangan. Keyinroq halok bo'lgan shaxs poyezdlardan biri mashinisti ekani ma'lum qilindi.
Bujuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer hodisani tashvishli deb atab, qurbonning yaqinlari va jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi.
Hozirda mutaxassislar to'qnashuv sabablarini aniqlash uchun tergov ishlarini olib bormoqda.






