Qashqadaryolik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ro‘ziboy Sattorov 116 yoshida vafot etdi. U O‘zbekistondagi eng keksa urush faxriylaridan biri edi.
Qamashi tumanida yashagan Ro‘ziboy ota Ikkinchi jahon urushi yillarida Stalingrad frontida o‘qchi sifatida xizmat qilgan.
O‘tgan yili davlat rahbari topshirig‘i bilan uning ko‘p yillik orzusi ro‘yobga chiqarilgan edi. Faxriy Mudofaa vazirligi Harbiy havo kuchlariga qarashli samolyotda parvoz qilib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Ikkinchi jahon urushi yillarida Qashqadaryo viloyatidan 47 mingdan ortiq kishi frontga safarbar etilgan bo‘lib, ularning 22 ming nafari urushdan sog‘-omon qaytgan.






