AsosiyJAMIYAT

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi

Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobusi piyodani urib yubordi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati ma’lum qildi.

'Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi'ning rasmi

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 21 iyun kuni soat taxminan 21:00 da Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan. 38-sonli yo‘nalishda harakatlangan "King Long" rusumli avtobus haydovchisi Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab Janubiy vokzal tomon harakatlanayotgan vaqtda tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan svetoforning taqiqlovchi signalida yugurib o‘tgan 26 yoshli fuqaro A.A.ni urib yuborgan.

Ma’lum qilinishicha, haydovchi zudlik bilan transport vositasini to‘xtatib, jabrlanuvchini tez tibbiy yordam avtomobili orqali 16-sonli shahar shifoxonasiga yuborgan. Hozircha uning ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 aprel kuni Yakkasaroy tumanida avtobus svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 13 yoshli qizchani urib yuborgan edi. Shuningdek, 6 iyun kuni Bektemir tumanida "Yutong" rusumli elektrobus orqaga harakatlanayotgan vaqtda 1991 yilda tug‘ilgan piyodani bosib ketgan, oqibatda u voqea joyida halok bo‘lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bo'stonliqda kanalga tushib ketgan bolalardan birining jasadi topildi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 05:41

    Bo'stonliqda kanalga tushib ketgan bolalardan birining jasadi topildi

    Ayni vaqtda ikkinchi bolani qidirish ishlari davom ettirilmoqda. Qutqaruvchilar tomonidan qidiruv-qutqaruv tadbirlari uzluksiz ravishda olib borilmoqda.

    'Saida Mirziyoyeva “Ostona” xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 03:55

    Saida Mirziyoyeva “Ostona” xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi

    Uchrashuv davomida markazning moliyaviy infratuzilmani rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda xalqaro moliyaviy xizmatlar bozorini kengaytirish bo‘yicha tajribasi muhokama qilingan.

    'Urgutda 27,4 ming dollarlik gashish savdosi fosh etildi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 03:17

    Urgutda 27,4 ming dollarlik gashish savdosi fosh etildi

    Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'O'zbekistonga Koreyadan uchinchi “Hyundai Rotem” tezyurar poyezd keltirildi'ning rasmi

    JAMIYAT 21.06.2026 17:22

    'O'zbekistondagi eng keksa Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ro'ziboy Sattorov olamdan o'tdi.'ning rasmi

    JAMIYAT 21.06.2026 15:06

    O'zbekistondagi eng keksa Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ro'ziboy Sattorov olamdan o'tdi.

    Samolyotda uchish orzusi ushalgan faxriy 116 yoshida vafot etdi

    'Toshkentda gumanoid robotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.'ning rasmi

    JAMIYAT 21.06.2026 14:14

    Toshkentda gumanoid robotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

    Loyiha Janubiy Koreyaning Robotis kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.