AsosiyJAMIYAT

O‘zbekistonda qariyb 500 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati to‘xtatildi

Қайд этилишича, республика бўйича жами 6 минг 196 та суюлтирилган ва сиқилган газ, нефть маҳсулотлари қуйиш шохобчалари ҳамда газ тўлдириш станция ва пунктлари текширувдан ўтказилган.

'O‘zbekistonda qariyb 500 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati to‘xtatildi'ning rasmi

O'zbekistonda o'tkazilgan keng ko'lamli xatlovlar natijasida 464 ta yoqilg'i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to'xtatildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 18 iyun kuni qabul qilingan qarorida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, respublika bo'yicha jami 6 ming 196 ta suyultirilgan va siqilgan gaz, neft mahsulotlari quyish shoxobchalari hamda gaz to'ldirish stansiya va punktlari tekshiruvdan o'tkazilgan.

Xatlovlar davomida jami 46 ming 737 ta qoidabuzarlik va kamchiliklar aniqlangan. Ularning 2 ming 218 tasi qurilish, 7 ming 949 tasi yong'in xavfsizligi, 25 ming 341 tasi sanoat va texnika xavfsizligi, 3 ming 354 tasi texnik jihatdan tartibga solish hamda 7 ming 875 tasi texnologik jarayonlarga oid ekani ma'lum qilingan.

Shuningdek, tekshiruvlar jarayonida 7 ming 166 ta kamchilik joyida bartaraf etilgan.

Hukumat qaroriga muvofiq, 2026 yil 1 sentabrdan boshlab xizmat muddati tugagan yoki ishlab chiqarilgan sanasi aniq bo'lmagan, ortiqcha bosim ostida ishlovchi uskunalardan foydalanish 2030 yil 1 yanvargacha cheklanadi.

Bundan tashqari, joriy yilning 1 sentabriga qadar insonlar hayoti va sog'ligiga xavf tug'diradigan, shaharsozlik, sanoat hamda yong'in xavfsizligi talablariga javob bermaydigan shoxobchalarning maxsus reestri shakllantiriladi.

Keyinchalik xavfli deb topilgan obyektlarni bosqichma-bosqich xavfsiz hududlarga ko'chirish bo'yicha alohida chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Ma'lumot uchun, mazkur xatlov ishlari Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi gaz quyish shoxobchasida yuz bergan portlash va unda 6 nafar inson halok bo'lgan voqeadan keyin kuchaytirilgan tartibda o'tkazilgan.

    Boshqa yangiliklar