Davlat rahbari maqom san'atini xalqlarni birlashtiruvchi, ezgulik va ma'naviyatni targ'ib qiluvchi bebaho meros deb atadi. Qayd etilishicha, bugungi anjuman maqom san'atining xalqaro nufuzini oshiraetgan yirik madaniy maydonga aylanmoqda.
Tadbirda 80 dan ortiq mamlakatdan 250 ga yaqin madaniyat va san'at vakillari, shuningdek, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Prezident maqom san'atini rivojlantirish bo'yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, Yangi Toshkentda barpo etilayotgan Maqom markaziga Dunyo maqom markazi maqomini berish, uning qoshida Xalqaro maqom akademiyasi, raqamli kutubxona va laboratoriya tashkil etish taklif qilindi.
Shuningdek, Jahon maqom antologiyasini yaratish, maqom ilmni qo'llab-quvvatlash bo'yicha xalqaro jamg'arma ta'sis etish va Xalqaro maqom mukofotini joriy qilish rejalari ma'lum qilindi.
Tadbirda Prezident milliy terma jamoamizning jahon chempionatidagi ishtirokini ham alohida e'tirof etib, futbolchilar xalqimizning 34 yillik orzusini ro'yobga chiqarganini ta'kidladi va ularga omad tiladi.
Marosim konsert dasturi bilan davom etdi. Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi yakunlandi.






