AsosiyJAMIYAT

Farg'onada 18 yoshli qizni Turkiyaga olib chiqib ketmoqchi bo'lganlar qo'lga olindi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

'Farg'onada 18 yoshli qizni Turkiyaga olib chiqib ketmoqchi bo'lganlar qo'lga olindi'ning rasmi

Farg'ona viloyatida 18 yoshli qizni aldash yo'li bilan Turkiyaga olib chiqib ketishga uringan shaxslar qo'lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, viloyat Ichki ishlar boshqarmasining Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi hamda Odam savdosiga qarshi kurashish bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida jinoiy guruh faoliyatiga chek qo'yilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, muqaddam Quva tumanida yashagan, hozirda Turkiyaning Denizli shahrida istiqomat qilayotgan ayol va uning Farg'ona shahrida yashovchi sherigi oldindan til biriktirgan holda qizlarni xorijga jo'natish bilan shug'ullanib kelgan.

Aniqlanishicha, ular Farg'ona shahrida yashovchi 2008 yilda tug'ilgan qizni Turkiyada yuqori maoshli ish taklif qilish bahonasida xorijga olib chiqib ketishga uringan. Qiz taklifga rozilik bildirgan, biroq huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir natijasida mazkur harakatning oldi olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Nukuslik 11 yoshli bola O‘zbekiston – Portugaliya o‘yinida rasmiy to‘pni maydonga olib chiqdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:00

    'O‘zbekistonning ikki qishlog‘i Qirg‘iziston tarkibiga o‘tdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 05:07

    O‘zbekistonning ikki qishlog‘i Qirg‘iziston tarkibiga o‘tdi

    Ayni paytda O‘zbekiston rasmiy idoralari mazkur masala yuzasidan bayonot bermagan.

    'Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 05:03

    Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

    'Namanganda III Xalqaro maqom san'ati anjumani ochildi'ning rasmi

    JAMIYAT 23.06.2026 16:31

    Namanganda III Xalqaro maqom san'ati anjumani ochildi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida III Xalqaro maqom san'ati anjumanining ochilish marosimida ishtirok etib, nutq so'zladi.

    'Portugaliyaning ham O'zbekistonga qarshi asosiy tarkibi ma'lum bo'ldi'ning rasmi

    JAMIYAT 23.06.2026 16:11

    Portugaliyaning ham O'zbekistonga qarshi asosiy tarkibi ma'lum bo'ldi

    Uchrashuv oldidan Roberto Martines boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasining asosiy tarkibi ma'lum qilindi.

    'Erdo‘g‘an: Turkiya va Polsha Yevropa xavfsizligida muhim o‘rin tutadi'ning rasmi

    JAMIYAT 23.06.2026 15:34

    Erdo‘g‘an: Turkiya va Polsha Yevropa xavfsizligida muhim o‘rin tutadi

    Turkiya rahbari mazkur bayonotni Polsha bilan ikki tomonlama munosabatlar va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan bildirgan.