AQSh Oliy sudi Prezident Donald Trump ma'muriyatining Gaiti va Suriyadan kelgan yuz minglab muhojirlarni vaqtinchalik huquqiy himoya maqomidan mahrum etish bo'yicha iltimosini qanoatlantirdi. Bu haqda NBC News xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 25 iyun kuni Oliy sud mazkur masala yuzasidan 6 taga qarshi 3 ovoz bilan Trump ma'muriyati foydasiga qaror qabul qilgan. Mazkur qaror taxminan 350 ming nafar Gaiti fuqarosi hamda 6 ming nafar Suriya fuqarosiining vaqtinchalik himoya maqomini bekor qilish jarayonini davom ettirish imkonini beradi. Natijada ular deportatsiya qilinishi mumkin.
NBC News ta'kidlashicha, ushbu qaror Trump ma'muriyatining boshqa davlatlar fuqarolari uchun ham shunga o'xshash himoya dasturlarini bekor qilish bo'yicha harakatlarini tezlashtirishi mumkin.
TASS agentligi xabariga ko'ra, sud qarori ortidan Oq uy apparati rahbari o'rinbosari Steven Miller AQSh amalda siyosiy boshpana so'rab murojaat qiluvchi xorijliklarni qabul qilishni deyarli to'xtatayotganini ma'lum qilgan.
"Shu tariqa, Amerika eshiklari siyosiy boshpana izlovchilar uchun to'liq yopiladi. Biz shunday kelishuvlarga erishdikki, agar siz siyosiy boshpana so'rasangiz, sizni qabul qiladigan boshqa bir davlatni topamiz. Bu juda oddiy, juda samarali va to'liq yechim", degan Miller.






