AsosiyJAMIYAT

O'zbekistonda o'rtacha umr ko'rish davomiyligi 75,4 yoshga etdi

Statistik ma'lumotlar mamlakatda aholining o'rtacha umr ko'rish davomiyligi so'nggi o'ttiz yil mobaynida barqaror o'sish tendensiyasini namoyon etayotganini ko'rsatmoqda.

'O'zbekistonda o'rtacha umr ko'rish davomiyligi 75,4 yoshga etdi'ning rasmi

2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 1991 yilga nisbatan 9 yoshga oshgan. Xususan, mustaqillikning ilk yilida mamlakat aholisining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 66,4 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 75,4 yoshga yetgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yillar kesimida o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi quyidagicha shakllangan:

— 1991 yil — 66,4 yosh;
— 1995 yil — 69,1 yosh;
— 2000 yil — 70,8 yosh;
— 2005 yil — 71,8 yosh;
— 2010 yil — 73 yosh;
— 2015 yil — 73,6 yosh;
— 2020 yil — 73,4 yosh;
— 2024 yil — 75,1 yosh;
— 2025 yil — 75,4 yosh.

Statistik ma’lumotlar mamlakatda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi so‘nggi o‘ttiz yil mobaynida barqaror o‘sish tendensiyasini namoyon etayotganini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda mazkur ko‘rsatkich 75 yoshdan oshgan.

    Boshqa yangiliklar

    O'zbekistonda o'rtacha umr ko'rish davomiyligi 75,4 yoshga etdi - Darakchi.uz