28 iyun — 3 iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel va suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, xavf quyidagi hududlarda kuzatilishi mumkin:
Qashqadaryo viloyatida — Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari;
Surxondaryo viloyatida — Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlari;
Samarqand viloyatida — Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrobod, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari;
Navoiy viloyatida — Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari;
Jizzax viloyatida — Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari;
Toshkent viloyatida — Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlari;
Namangan viloyatida — Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
Farg‘ona viloyatida — So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari;
Andijon viloyatida — Andijon, Asaka, Jalolquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahri.
O‘zgidromet tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Shuningdek, kuchli yog‘ingarchilik natijasida respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planib, pastqam joylarni suv bosishi ehtimoli ham mavjudligi qayd etildi.






