AsosiyDUNYO

Rossiyada jinoiy javobgarlik yoshini 12 yoshga tushirish taklif qilindi

Bu haqda mamlakat Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin ma’lum qildi.

'Rossiyada jinoiy javobgarlik yoshini 12 yoshga tushirish taklif qilindi'ning rasmi

Mazkur taklif voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik holatlari ortib borayotgani bilan izohlanadi. Bastrikinning bildirishicha, 2025 yilda o‘smirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2024 yilga nisbatan 21 foizga ko‘paygan.

"Bugungi kunda 12–13 yoshli bolalar ham jinoyat sodir etmoqda. Biroq ular jinoiy javobgarlik yoshiga yetmagani sababli jazodan chetda qolmoqda", degan u.

Shuningdek, Bastrikin "Kolumbayn" turidagi hujumlar sodir etilgan ta'lim muassasalari direktorlarini ham javobgarlikka tortish taklifini ilgari surdi.

Ma'lumot uchun, "Kolumbayn" harakati Rossiyada terrorchilik faoliyati bilan bog‘liq deb topilgan hamda uning faoliyati taqiqlangan.

    Boshqa yangiliklar