AsosiyDUNYO

Rossiyada migrantlar uchun davlat bojlari oshirildi

Shuningdek, vaqtincha yashash ruxsatnomasi va boshqa migratsiya xizmatlari uchun ham bojlar 5-12 barobarga oshirildi.

'Rossiyada migrantlar uchun davlat bojlari oshirildi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin migratsiya sohasidagi davlat bojlarini bir necha barobar oshirishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Unga ko‘ra, fuqarolikka qabul qilish va fuqarolikdan chiqish uchun boj 4 200 rubldan 50 ming rublgacha oshirildi. Yashash ruxsatnomasini olish uchun to‘lov esa 6 ming rubldan 30 ming rublgacha belgilandi.

Shuningdek, vaqtincha yashash ruxsatnomasi va boshqa migratsiya xizmatlari uchun ham bojlar bir necha barobarga oshirildi. Rossiyaga kirish uchun taklifnoma berish uchun to‘lov 960 rubldan 8 ming rublga yetdi.

Vizalar, ko‘p martalik chegara kesish ruxsatnomalari hamda ta’lim maqsadida kirish vizalari uchun ham yangi tariflar joriy etildi.

Qonun rasmiy e’lon qilinganidan bir oy o‘tib kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar